Jamiyat
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatiga kirtildi.
Ro‘yxatda Ismoilov bilan bir qatorda Haruki Murakami, Margaret Etvud, Salmon Rushdi, Devid Grossman, Joan Rouling, Stiven King kabi jahonga mashhur mualliflar ham bor.
Aslida, Nobel mukofotining nomzodlar haqidagi ma’lumotlar 50 yil davomida maxfiy saqlanadi. Mukofotning rasmiy bazasida ham yangi nomzodlar haqidagi ma’lumotlar shu muddat o‘tgachgina ochiqlanishi qayd etilgan. Shu sababli hozirgi paytda Hamid Ismoilov 2026-yilgi mukofot uchun ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Hamid Ismoilov o‘zbek va rus tillarida ijod qiladi, asarlari ingliz, turk, nemis, fransuz tillariga tarjima qilingan. U 2019-yilda “The Devil’s Dance” (“Jinlar bazmi”) romani uchun EBRD adabiyot mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning “We Computers” asari esa 2026-yilgi EBRD adabiyot mukofoti qisqa ro‘yxatiga kiritilgan.
Taniqli o‘zbek shoiri, yozuvchisi va jurnalisti Hamid Ismoilov 1954-yil 5-mayda Qirg‘izistonning Frunze (hozirgi Chuy) viloyati To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. U harbiy aloqa bilim yurtini, keyinchalik Toshkent davlat universitetining bir nechta fakultetlarini (biologiya, huquq, menejment) tamomlagan.
1992-yilda Ismoilov O‘zbekistondan chiqib ketgan, shundan beri u Londonda yashab keladi.
2006-yilda uning “Temir yo‘l” romani taniqli yozuvchi Robert Chandler tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib, Londonda nashr etildi. Hamid Ismoilov she’rlari Ingeborga Baldauf va Zigrid Kleynmixel tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan.
2026-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 8-oktyabr, payshanba kuni Stokgolmda e’lon qilinadi. G‘olibga 12,0 million shved kronasi (taxminan, 1,2 million dollar) topshiriladi. Mukofot topshirish marosimi 10-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan yili bu mukofotga vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnaxorkay sazovor bo‘lgan edi.
Jamiyat
Iqtisod
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
113662
Jamiyat
96476
Jamiyat
94051
Jamiyat
78004
Jamiyat
//
Izoh yo‘q