Jamiyat
O‘zgidromet kelayotgan oy bo‘yicha ob-havo ma'lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 1-oktyabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida sentyabrning so‘nggi kunlarida boshlanishi kutilayotgan nam va nisbatan salqin havo oqimining kirib kelishi davom etadi.
Shu kuni ushbu viloyatlarning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, eng jadal yog‘ingarchilik tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuzatiladi. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
2–4-oktyabr kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati ko‘tarila boshlaydi. 4-oktyabrda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga sovuq va nam havoning yangi oqimi kirib kela boshlaydi, 5–7-oktyabr kunlari esa u asta-sekin O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi.
Haroratning bunday o‘zgarib turishi oktyabr oyining oxirigacha davom etadi.
Tungi havo harorati +10– +13 darajagacha, kunduzgi havo harorati +25– +28 darajagacha ko‘tariladigan iliq ob-havo fonida vaqti-vaqti bilan salqinlashish davrlari kuzatilishi kutilmoqda.
Sovuq havo oqimlari kirib kelgan davrlarda havo harorati kechasi
+3– +8 daraja iliqqacha, kunduzi +15– +20 daraja iliqqacha pasayishi mumkin. Respublikaning shimoliy hududlarida salqinlashish sezilarli bo‘lib, havo harorati kechasi 0– -2 daraja sovuqqacha, kunduzi +10– +15 daraja iliqqacha pasayadi.
Oktyabr oyining o‘rtacha harorat foni iqlimiy me’yor atrofida, ayrim joylarda esa undan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Yog‘ingarchilik hududlar va vaqt bo‘yicha notekis taqsimlanishi mumkin.
Oktyabrda respublikaning shimolida yog‘ingarchilik miqdori iqlimiy me’yordan kam, markaziy va janubi-sharqiy hududlarda esa me’yor atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Shu bilan birga, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tumanlarida yog‘ingarchilik miqdori iqlimiy me’yordan ko‘p bo‘lishi ehtimoli bor.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
113607
Jamiyat
96399
Jamiyat
93946
Jamiyat
77929
Jamiyat
//
Izoh yo‘q