Jamiyat
O‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi Prezident o‘qituvchilarning malaka oshirish jarayoniga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Zamon o‘zgaryapti. Bolalarning qiziqishi, dunyoqarashi, axborot olish xususiyati ham o‘zgaryapti. Kecha samara bergan dars usuli bugun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu sabab muallimning muntazam o‘qishi va o‘z ustida ishlashi zarur”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy o‘qish talabi bekor qilinishini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, buning o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi.
Bunda muallim toifa sinovidagi natijasiga qarab, 18 soatdan 72 soatgacha ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Kursni va malaka oshirish joyini o‘zi tanlaydi.
Davlat rahbari bu o‘zgarish malaka oshirishni rasmiyatchilikdan amaliy ehtiyojga aylantirishi kerakligini ta’kidladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
113617
Jamiyat
96420
Jamiyat
93969
Jamiyat
77946
Jamiyat
//
Izoh yo‘q