Jamiyat
Toshkentda jamoat transportlarining yo‘lkira haqi oshiriladi
Bir yo‘lovchi qatnovi uchun naqd pul orqali to‘lov amalga oshirilganda cheklangan tarif QQS bilan – 3000 so‘m undiriladi(narx o‘zgarishsiz qolgan).
Elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda esa rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda QQS bilan – 2500 so‘m to‘lanadi.
Narx o‘zgarishi oldingi “1 soat ichida to‘lov” tarif rejalariga ham ta’sir qiladi.
Ayrim shaxslar uchun transport imtiyozlari kengaytiriladi
Urush nogironlari va ishtirokchilari hamda Chernobil halokatini bartaraf etishda qatnashgan fuqarolarga havo, temir yo‘l va shaharlararo avtobus transportida bepul yoki 50 foiz chegirma asosida chiptalar taqdim etiladi.
Imtiyozli chiptani olish uchun faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.
Qog‘oz shaklidagi ayrim hujjatlarni qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi
2026-yil 1-oktyabrdan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida faoliyatni amalga oshiruvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliq to‘laganda, ularga bir yil ish staji avtomatik hisoblanadi.
Ayrim yig‘im va to‘lovlar 30 foizga kamaytiriladi
Tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi hisobiga bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati va fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
Tozalik va ozodalik dolzarb 2 oyligi o‘tkaziladi
1-oktyabrdan boshlab yashil hududlar joylashuvini aniqlash, yerlarni tayyorlash, ko‘chat va butalar zaxirasini yaratish choralari ko‘riladi. Ko‘chat va butalarni ekish mavsumi hududlar bo‘yicha turli sanalarda boshlanadi.
Boshpanasiz shaxslar qo‘llab-quvvatlanadi
Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlariga joylashtirilgan boshpanasiz shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etiladi.
Ularni kasbga o‘qitish bo‘yicha tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari orqali vaucherlar ajratiladi.
Qon mahsulotlari majburiy tartibda 2 bosqichli skrining tekshiruvidan o‘tkaziladi
Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga soluvchi standart operatsion jarayonlar hamda xavfsizlik bayonnomalari joriy qilinadi.
Tennis bo‘yicha musobaqalar uyushtiriladi
1-oktyabrdan an’anaviy tarzda tennis bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, Respublika chempionati, “Uzbekistan open” xalqaro turniri, “ATP Challenger” xalqaro musobaqasini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi.
Ayrim tadbirkorlarga kredit bo‘yicha foiz xarajatlarini kompensatsiya qilishning yangi mexanizmi ishga tushiriladi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga tuman (shahar) shtablari qarorlari asosida tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (Kompaniya) tomonidan yoki belgilangan boshqa manbalar hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmi joriy qilinadi.
Teatr, kino va konsert tadbirlari uchun bepul vaucher beriladi
1-oktyabrdan har yili 500 ming nafar o‘qituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol o‘quvchi va talabalarga hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 100 mingta oilalarning 1 nafar farzandiga, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalarga teatr, kino va konsert tadbirlari uchun bepul vaucher beriladi.
Buxoroning tarixiy hududida yangi tartib o‘rnatiladi
1-oktyabrdan Ark qo‘rg‘oni — Poi Kalon — Haqiqat ko‘chasi — Labi Hovuz ansambli hududida qonunchilik talablariga javob bermaydigan ayrim vositalar – elektroskuter va elektrosamokatlar, elektro golfkar (riksha) va mopedlar, shuningdek, 4 g‘ildirakli velosipedlar, kartinglar hamda ot va tuyada harakatlanish cheklanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
113636
Jamiyat
96443
Jamiyat
94009
Jamiyat
77969
Jamiyat
//
Izoh yo‘q