Pedagoglar uchun yangi imtiyozlar beriladi

Saqlash
13:07 / 30.09.2026 272 0

Bayram arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida Prezident o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

 

Davlat rahbari kelgusida pedagoglar uchun beriladigan yangi imtiyozlarni aytib o‘tdi.

 

Jumladan, milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarning oylik maoshiga 50 foiz ustama to‘lanadi.

 

Har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o‘qituvchiga 30 million so‘mdan mukofot beriladi.

 

Yana 1 ming o‘qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.

 

Kamida 15 yil stajga ega pedagoglarning farzandlariga esa oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.

 

Shuningdek, xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarga imtihon xarajati qoplanadi.

 

Xabarda aytilishicha, Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifaga ega bo‘ladi.

 

Ta’kidlanishicha, kelasi yildan 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalari o‘tkazilib, tuman bosqichi g‘oliblari kompyuter bilan taqdirlanadi.

 

Ularni tayyorlagan ustozlar ham mukofotlanadi. Xususan:

▪️ tuman bosqichida – 10 mln so‘m;

▪️ viloyat bosqichida – 50 mln so‘m;

▪️ respublika bosqichida – 100 mln so‘m.

 

“Ishonchim komil, bu tashabbuslar 100 mingga yaqin pedagoglar uchun munosib rag‘bat bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//