Jamiyat
Avtobusda yo‘lkira haqini to‘lamagan va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib, janjal qilgan yo‘lovchiga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Ma’lum bo‘lishicha, 15-avgust kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida olib borilayotgan reyd tadbiri davomida “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchilari fuqaro M.M. avtobusdan bekatga tushganida yo‘l haqi to‘lovini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishini so‘ragan. Yo‘lovchi turli vajlarni keltirib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan holda nazoratchi talabini bajarmagan va qarshilik ko‘rsatgan.
Fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida yo‘lovchi janjal chiqarib, nazoratchiga kuch ishlatishga uringan. Voqea xodimga biriktirilgan bodikamera orqali yozib olingan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 2026-yil 24-sentyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi binosida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda huquqbuzar M.M. ga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi berilgan.
“Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchilari hokimiyat vakilidir. Ularga hujum qilish, zo‘ravonlik bilan tahdid qilish va haqorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, avtobuslarda to‘lov madaniyatini oshirishga qaratilgan kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlari davom etmoqda.
Iqtisod
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
113662
Jamiyat
96476
Jamiyat
94051
Jamiyat
78004
Jamiyat
//
Izoh yo‘q