Jamiyat
O‘zbekistonda yoshlar uchun alohida soliq mavjud emas.
Soliqqa tortish tartibi shaxsning yollanib ishlashi, tadbirkorlik (ya’ni yakka tartibdagi tadbirkor) yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyati bilan shug‘ullanishiga bog‘liq.
Masalan, mehnat shartnomasi asosida ishlaganda:
– ish haqidan 12 % jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ushlab qolinadi;
– ijtimoiy soliq ish beruvchi tomonidan to‘lanadi.
Tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyati bilan shug‘ullanganda esa soliqqa tortish tartibi faoliyat turi va daromad miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Xususan:
▪️ yillik daromad 12 000 BHMgacha bo‘lganda – belgilangan tartibda aylanmadan olinadigan soliq qo‘llaniladi;
▪️ yillik daromad 12 000 BHMdan oshganda – QQS va foyda solig‘ini to‘lash tartibiga o‘tiladi.
Qonunchilikda yoshlar uchun belgilangan shartlarga rioya etilganda ayrim soliq imtiyozlari va qo‘llab-quvvatlash choralari nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 440 000 so‘m etib belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
113636
Jamiyat
96443
Jamiyat
94009
Jamiyat
77969
Jamiyat
//
Izoh yo‘q