Akbar Jo‘rayev Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Saqlash
12:04 / 29.09.2026 171 0

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zosi Akbar Jo‘rayev (-110 kg) Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

 

Qayd etilishicha, avvaliga u dast ko‘tarishda 197 kg bilan jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada rekord uning o‘ziga tegishli bo‘lib turgandi (u 2025-yil oktyabrida Norvegiyadagi jahon chempionatida dast ko‘tarishda 196 kg, umumiy 428 kg natija bilan ikkita rekord o‘rnatgandi).

 

Keyin esa siltab ko‘tarishda birinchi urinishdayoq 226 kg natija ko‘rsatdi (Osiyo o‘yinlari rekordi) va keyingi urinishlarni amalga oshirishiga hojat qolmadi. Uning raqiblaridan hech biri uch urinishda ham 222 kg natijadan oshira olishmadi.

 

Shu tariqa, sportchi ikki kurash hisobida 423 kg natija qayd etdi va bu ham Osiyo o‘yinlari rekordi hisoblanadi.

 

Uning oltin medali O‘zbekiston delegatsiyasining 13-oltiniga aylandi. Ayni vaqtda O‘zbekiston 13 ta oltin, 17 ta kumush va 13 ta bronza – jami 43 ta medal bilan umumiy reytingda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

 

Screenshot_5

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//