Prezident shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotladi

Saqlash
08:57 / 29.09.2026 174 0

Shavkat Mirziyoyev “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

 

Hujjatda aytilishicha, quyidagilar “o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikada sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun” mukofotlandi.

 

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan

 

Madaminov Muxiddin Baxodirjon o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

 

– Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

– Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

– Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

 

– Kasimjanov Rustam Mashrukovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi

– Shermuhammadov Samandar Nurulla o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

 

– Sindarov Komil Oydinovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

 

– Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“Do‘stlik” ordeni bilan

 

– Mo‘minova Nafisa Alisherovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi

– Sattarov Bobir Muxamadi o‘g‘li - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi

– Talipov Rashid Azatovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi

 

“Mardlik” ordeni bilan

 

– Vaxidov Jaxongir Tairovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

– Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

– Kakishova Selbi Saparbay qizi - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

– Kimsanboyev Axadxon Azizxon o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

– Mamarajabov Sardorbek Zohidjon o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

– Shayusupov Marsel Vyacheslavovich - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

 

– Abdisalimov Abdimalik Boxodir o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

– Azizov Komiljon Ikromovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi

– Begmuratov Humoyun Xusniddinovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

– Mardonov Javlon O‘tkir o‘g‘li - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi

– Nig‘matov Ortiq Ravshan o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

– Suyarov Muxammadzoxid Shaxriyor o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

 

“Sog‘lom turmush” medali bilan

 

– Djumayev Baxtiyor Melikulovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassisi, sharhlovchi

– Imomqo‘ziyeva Nilufarxon Nodirbek qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

– Karimova Guldona Abubakir qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

– Omonova Umida Shuhrat qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

– Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

– Xamdamova Afro‘za Akbarovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//