Sport
Oʻzbekiston asosiy milliy jamoasi Samarqanddagi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining toʻqqizinchi turida AQSH ustidan 2,5:1,5 hisobida gʻalaba qozonib, 16 ochko bilan musobaqa jadvalida yakka peshqadam boʻlib oldi. Hindiston, Armaniston va Oʻzbekiston-2 jamoalari yetakchidan bir ochkoga ortda qolmoqda.
Javohir Sindarov ikkinchi doskada amerikalik Uesli Soga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ilk magʻlubiyatini qabul qildi.
Birinchi doskada Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Fabiano Karuanani dogʻda qoldirdi. Jamoaga yana bir ochkoni Hans Niman ustidan gʻalaba qozongan Nodirbek Yoqubboyev keltirdi. Muhiddin Madaminov esa Levon Aronyan bilan murosani tanladi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston AQSHni 2,5:1,5 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Oʻzbekistonning ikkinchi jamoasi 9-turda Niderlandiyani yirik hisobda (3,5:0,5) tor-mor keltirdi. Milliy jamoa tur boshlanishidan oldin 13 jamoaviy ochkoga ega boʻlib, toʻrtinchi pogʻonani egallab turgandi.
Jahongir Vohidov Anish Girini, Muhammadzohid Suyarov Lyuk van Velini, Ortiq Nigʻmatov Ervin LʼAmini taslim etdi.
Abdimalik Abdisalimov esa Yorden van Forest bilan durang oʻynadi. Oʻzbekiston-2 15 ochko toʻplab, asosiy milliy jamoaning eng yaqin taʼqibchilari safidan joy oldi.
Oʻzbekistonning uchinchi jamoasi Qirgʻizistonni 2,5:1,5 hisobida yengdi. Saidakbar Saydaliyev, Bahrom Bahrillayev va Muhammadali Abdurahmonov oʻz partiyalarida durang qayd etdi.
Toʻrtinchi doskada Timur Daudovni yutgan Asrorjon Omonov jamoasiga gʻalaba ochkosini keltirdi.
Bu natija Omonov uchun Olimpiada doirasida oʻtkazilgan yetti partiyadagi yettinchi gʻalaba boʻldi.
Ayollar musobaqasida Oʻzbekistonning asosiy jamoasi amaldagi Olimpiada chempioni – Hindistonga imkoniyatni boy berdi (1:3). Afruza Hamdamova Hampi Koneru bilan durang oʻynadi, Gulruhbegim Tohirjonova Divya Deshmukxga, Nilufarxon Imomqoʻziyeva esa Vantika Agravalga yutqazdi. Guldona Karimovaning Savita Shri bilan partiyasi durang bilan tugadi.
.jpg)
Oʻzbekiston-2 Islandiyani 2,5:1,5 hisobida yengdi: Madinabonu Xalilova va Asal Salimova oʻz bahslarida gʻalaba qozondi, Marjona Malikova durang oʻynadi, Mumtozbegim Mansurova raqibiga imkoniyatni boy berdi.
Oʻzbekiston-3 Italiyaga 1,5:2,5 hisobida magʻlub boʻldi: yagona gʻalabani Ozoda Shahzodova qoʻlga kiritdi, Barchinoy Shokirjonova durang qayd etdi, Zilola O‘ktamova va Maftuna Bobomurodova magʻlub boʻldi.
Olimpiada yakunlanishiga yana ikki tur qoldi. Musobaqa shveysarcha tizimda 11 tur davomida oʻtkazilmoqda. Jamoaviy gʻalaba uchun ikki ochko, durang uchun bir ochko beriladi.
10-turda Oʻzbekiston asosiy jamoasi 15 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinni egallab turgan Armanistonga qarshi bahs olib boradi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
113617
Jamiyat
96420
Jamiyat
93969
Jamiyat
77946
Jamiyat
//
Izoh yo‘q