Endilikda shaxmat boʻyicha xalqaro musobaqalar gʻoliblariga 2 mlrd soʻmdan koʻproq pul mukofoti beriladi

Saqlash
12:41 / 23.09.2026 156 0

21-sentabr kuni prezidentning “Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-346-son) qabul qilindi. Hujjat bilan shaxmatchilar va ularning murabbiylariga beriladigan mukofot pullarining yangi miqdorlari tasdiqlandi.

 

Ushbu qaror 2022-yil 5-avgustdagi PQ-347-sonli qarorga nisbatan mukofotlarni sezilarli darajada oshirish hamda hisoblash tizimini Bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) toʻgʻridan-toʻgʻri AQSH dollariga oʻtkazishni nazarda tutadi.

 

Mukofot pullarining yangi va eski tartibdagi taqqoslamasi:

1. Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar oʻrtasida):

 

Oltin medal: shaxmatchiga – $200 000, murabbiyga – $50 000.

(Ilgari: shaxmatchiga 2000 BHM / 880 mln soʻm, murabbiyga 1000 BHM / 440 mln soʻm edi).

 

Kumush medal: shaxmatchiga – $100 000, murabbiyga – $25 000.

(Ilgari: shaxmatchiga 1000 BHM / 440 mln soʻm, murabbiyga 500 BHM / 220 mln soʻm edi).

 

Bronza medal: shaxmatchiga – $50 000, murabbiyga – $12 500.

(Ilgari: shaxmatchiga 500 BHM / 220 mln soʻm, murabbiyga 250 BHM / 110 mln soʻm edi).

 

2. Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (yoshlar oʻrtasida):

 

Oltin medal: shaxmatchiga – $20 000, murabbiyga – $5000.

Kumush medal: shaxmatchiga – $10 000, murabbiyga – $2500.

Bronza medal: shaxmatchiga – $5 000, murabbiyga – $1250.

(Ilgari yoshlar oʻrtasidagi Olimpiada alohida toifa sifatida ajratilmagan edi)

 

3. FIDE tasnifiga koʻra jahon miqyosidagi musobaqalar:

 

Oltin medal: shaxmatchiga – $15 000, murabbiyga – $7000.

(Ilgari: shaxmatchiga 300 BHM / 132 mln soʻm, murabbiyga 150 BHM / 66 mln soʻm edi).

 

Kumush medal: shaxmatchiga – $7500, murabbiyga – $3500.

(Ilgari: shaxmatchiga 150 BHM / 66 mln soʻm, murabbiyga 75 BHM / 33 mln soʻm edi).

 

Bronza medal: shaxmatchiga – $3750, murabbiyga – $1750.

(Ilgari: shaxmatchiga 75 BHM / 33 mln soʻm, murabbiyga 37,5 BHM / 16,5 mln soʻm edi).

 

4. FIDE tasnifiga koʻra Osiyo miqyosidagi musobaqalar:

 

Oltin medal: shaxmatchiga – $10 000, murabbiyga – $5000.

(Ilgari: shaxmatchiga 70 BHM / 30,8 mln soʻm, murabbiyga 35 BHM / 15,4 mln soʻm edi).

 

Kumush medal: shaxmatchiga – $5000, murabbiyga – $2500.

(Ilgari: shaxmatchiga 35 BHM / 15,4 mln soʻm, murabbiyga 17,5 BHM / 7,7 mln soʻm edi).

 

Bronza medal: shaxmatchiga – $2500, murabbiyga – $1250.

(Ilgari: shaxmatchiga 17,5 BHM / 7,7 mln soʻm, murabbiyga 8,75 BHM / 3,85 mln soʻm edi).

 

5. Xalqaro grossmeyster sport unvonini olganlik uchun mukofot miqdori $5000 etib belgilandi.

(Ilgari: 100 BHM / 44 mln soʻm berilgan).

 

Murabbiylarga nazarda tutilgan pul mukofoti gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni oxirgi bir yil davomida tayyorlagan murabbiylarga beriladi. Bunda ushbu mablagʻlar tegishli Murabbiylar kengashining qaroriga asosan, sportchini tayyorlashda soʻnggi 4-yil davomida ishtirok etgan boshqa murabbiy va mutaxassislar oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//