Hindiston mag‘lub etildi. Endi navbat Xitoyga

Saqlash
11:00 / 22.09.2026 223 0

Xabaringiz bor, 15-sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start berildi.

 

16-sentyabrdan boshlab esa O‘zbekiston terma jamoalarining yurishi boshlandi. Asosiy jamoa hisoblanayotgan O‘zbekiston-1 jamoasi 1-turda yamaykalik shaxmatchilarga qarshi dona surishdi va 4:0 hisobida g‘alaba qilishdi.

 

2-turda jamoa Peru jamoasi bilan kuch sinashdi. Yakunda esa o‘zbekistonlik shaxmat ustalari 3,5 : 0,5 hisobida zafar quchishdi.

 

3-turda ham O‘zbekiston-1 jamoasi yaxshi natija qayd etishdi. Bu turda Avstriya jamoasi 3 : 1 hisobida mag‘lub qilindi.

 

4-turda Turkiya jamoasiga qarshi dona surildi. Yakuniy natija 2,5 – 1,5, O‘zbekiston-1 jamoasi foydasiga.

 

5-turda musobaqa favoritlaridan biri Vengriya jamoasi 0 – 4 hisobida taslim qilindi.

 

6-turda O‘zbekiston-1 jamoasi eng qiyin raqib – Hindiston jamoasi bilan to‘qnash keldi. Aynan shu tur butun shaxmat ixlosmandlarining e’tiborini tortdi. Gap shundaki, bir necha oydan keyin Javohir Sindorov bilan jahon toji uchun o‘ynaydigan Gukesh Dommaraju aynan bu turda Hindistonning 4-taxtasidan o‘rin olgan. Buning g‘alati tomoni shundaki, Jahon chempioni nega to‘rtinchida?

 

 

Bu yerda shunday g‘oya o‘ylangan: olimpiadada to‘rtala shaxmatchining natijalari qo‘shiladi va umum jamoa natijasiga aylanadi. Demak, Gukesh 4-taxtaga qo‘yiladi va aynan shu taxtada ustunlik qiladi.

 

Biroq Hindiston jamoasining bu rejasi ish bermaydi. Shamsiddin Vohidov Gukeshga qarshi juda yaxshi dona suradi va yakunda durangga erishadi.

 

 

Hal qiluvchi bahs 4-taxtadan 3-taxtaga o‘tadi. Bu yerda Nodirbek Yakubboyev Nihal Saringa qarshi bahs olib borayotgandi. Bungacha Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov o‘z taxtalarda durang natijalar qayd etishgan edi. Umumiy hisob 1,5 : 1,5.

 

 

So‘ngi umid Yakubboyevda qoladi. U esa uddalaydi. O‘zbekistonlik shaxmatchi raqibini yengadi va jamoaga hal qiluvchi 1 ochkoni olib keladi. Shu bilan O‘zbekiston-1 jamoasi Hindiston ustidan 2,5 : 1,5 hisobida zafar quchadi.

 

 

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-1 jamoasi tarkibi quyidagicha:

▪️ GM Javohir Sindarov — 2778

▪️ GM Nodirbek Abdusattorov — 2762

▪️ GM Nodirbek Yoqubboyev — 2685

▪️ GM Shamsiddin Vohidov — 2654

▪️ GM Muhiddin Madaminov — 2611

 

Jamoa murabbiyi (kapitan) – GM Rustam Qosimjonov.

 

7-turda asosiy jamoaning raqibi Xitoy bo‘ladi.

 

Hozirda musobaqaning turnir jadvali quyidagicha:

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//