Sport
Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 17-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan 2-tur bahslarida O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari yana navbatdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi.
Birinchi taxtada Nodirbek Abdusattorov Peruning eng kuchli shaxmatchisi Xorxe Korini mag‘lub etdi. Javohir Sindarov oq donalar bilan o‘ynab, Diyego Saul Kilyasni yengdi. Shamsiddin Vohidov Stiven Roxasni mag‘lubiyatga uchratdi. Muhiddin Madaminov esa Fernando Fernandes bilan durang o‘ynadi.
O‘zbekiston-2 terma jamoasi Jazoirni 4:0 hisobida tor-mor etdi. Jahongir Vohidov, Muhammadzohid Suyarov, Ortiq Nigmatov va Humoyun Begmuratov mazkur g‘alabaga hissa qo‘shdi.
O‘zbekiston-3 terma jamoasi Germaniyaga imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Ekvadorni tor-mor etdi.
O‘zbekiston-2 ayollar jamoasi Iordaniyani ishonchli tarzda mag‘lub etdi. O‘zbekiston-3 ayollar jamoasi Ispaniyaga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.
.jpg)
Demak, natijalar quyidagicha:
Erkaklar terma jamoalari:
O‘zbekiston-1 — Peru: 3.5 : 0.5
O‘zbekiston-2 — Jazoir: 4 : 0
O‘zbekiston-3 — Germaniya: 0.5 : 3.5
Ayollar terma jamoalari:
O‘zbekiston-1 — Ekvador: 4 : 0
O‘zbekiston-2 — Iordaniya: 3.5 : 0.5
O‘zbekiston-3 — Ispaniya: 1.5 : 2.5
3-tur o‘yinlari bugun, 18 sentyabr kuni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqandda 27-sentyabrgacha davom etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
113607
Jamiyat
96399
Jamiyat
93946
Jamiyat
77929
Jamiyat
//
Izoh yo‘q