Oʻzbekiston parashaxmat olimpiadasida ilk bor 3-oʻrinni egalladi

Saqlash
17:09 / 17.09.2026 171 0

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan 3-shaxmat paralimpiadasida 36 ta davlatdan 41 ta jamoa va 164 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta tarkib bilan qatnashdi.

 

Hal qiluvchi 7-turda Oʻzbekiston-1 jamoasi Isroil terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida magʻlub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng terma jamoa hisobidagi ochkolar soni 11 taga yetdi va bu natija umumiy reytingda uchinchi o‘rinni band etish uchun yetarli bo‘ldi.

 

Musobaqa yakuniga koʻra Polsha 1-oʻrin, Kuba 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, Oʻzbekiston paraterma jamoasi 11 ochko bilan 3-oʻringa sazovor boʻldi.

 

Shu tariqa ushbu 3-oʻrin Oʻzbekiston parashaxmati tarixida ilk bor Olimpiadada qoʻlga kiritilgan bronza medali boʻldi.

 

Samarqand mezbonlik qilgan 3-Parashaxmat olimpiadasi jamoalar soni va ishtirokchilar qamrovi boʻyicha ham rekord natija qayd etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//