Sport
Samarqandda 16-sentabr kuni 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bahslariga start berildi. Oʻzbekiston musobaqa mezboni sifatida ochiq va ayollar seksiyalarida uchtadan jamoa bilan qatnashmoqda. Birinchi turda mamlakatning barcha uch erkaklar jamoasi gʻalabaga erishdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi yetakchisi Javohir Sindarov dastlabki oʻyinni oʻtkazib yubordi. Unga Olimpiada starti arafasida Hindistonda yakunlangan Global Chess League turniridan soʻng dam olish va kuch toʻplab olish imkoniyati berildi. Sindarovning jamoasi mazkur musobaqada uchinchi oʻrinni egalladi, oʻzbekistonlik grossmeysterning oʻzi esa Global Chess League birinchi doskasidagi eng yaxshi oʻyinchi deb topildi.
Asosiy jamoa Yamaykani 4:0 hisobida yengdi. Birinchi doskada Yamaykaga qarshi Nodirbek Abdusattorov bahs olib borib, Joshua Kristini (2216) magʻlub etdi. Nodirbek Yoqubboyev Rahim Gleyvsdan (2127), Shamsiddin Vohidov Jeyden Shoudan (2100), Muhiddin Madaminov esa Akim Braundan (2072) ustun keldi.
.jpg)
Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻrtacha 2720 reyting bilan Olimpiadada uchinchi tartib raqami ostida qayd etilgan. Ulardan yuqorida AQSh (2753) va Hindiston (2735) joylashgan. Oʻzbekistonning birinchi jamoasi tarkibidan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov oʻrin olgan. Jamoa sardori – Rustam Qosimjonov.
Oʻzbekistonning ikkinchi erkaklar terma jamoasi Afgʻonistonni 3:1 hisobida taslim etdi.
Oʻzbekistonning uchinchi erkaklar jamoasi esa Olimpiadani Mali ustidan qozonilgan 3,5:0,5 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi.
Ayollar jamoalari
Ayollar shaxmati yoʻnalishida ham Oʻzbekiston uchta jamoa bilan ishtirok etmoqda.
Oʻzbekistonning ikkinchi terma jamoasi Togo ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Marjona Malikova Izabel Mamahni, Asal Salimova Sandrin Kudafuni, Mumtozbegim Mansurova esa Sandra Kudafuni magʻlub etdi. Madinabonu Xalilova Afiva Kponsuga imkoniyatni boy berdi.
.jpg)
Oʻzbekiston asosiy ayollar jamoasi Trinidad va Tobagoni 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Gulruhbegim Tohirjonova Shemila Jeymsdan, Nilufarxon Imomqoʻziyeva Samanta Dollidan, Guldona Karimova Aradxana Ramnarin Singhdan, Umida Omonova esa Zara La Flyordan ustun keldi.
Oʻzbekistonning uchinchi ayollar jamoasi Tanzaniyani yirik 4:0 hisobida magʻlub etdi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqandda 16-27-sentabr kunlari boʻlib oʻtadi. Ochiq seksiyada 208 ta, ayollar seksiyasida esa 191 ta jamoa roʻyxatdan oʻtgan. Musobaqa Shveysariya tizimi boʻyicha 11 turdan iborat boʻladi. Har bir oʻyinda jamoalar toʻrt nafardan shaxmatchini oʻyinga tushiradi, yana bir oʻyinchi esa zaxirada qoladi.
Jamoalarning navbatdagi raqiblar erkaklarda Peru, Germaniya va Jazoir, ayollar jamolarida esa Ekvador, Ispaniya va Iordaniya boʻladi.
Ikkinchi tur 17-sentabr kuni boʻlib oʻtadi. Partiyalar soat 15:00 da boshlanadi.
Iqtisod
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
113662
Jamiyat
96476
Jamiyat
94051
Jamiyat
78004
Jamiyat
//
Izoh yo‘q