Samarqandda xalqaro shaxmat olimpiadasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Saqlash
12:34 / 16.09.2026 245 0

15-sentyabr kuni Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniri – 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi maʼlum qildi.

 

 

 

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Prezident Shavkat Mirziyoyevning musobaqa ishtirokchilari va mehmonlariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. FIDE prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Vishvanatan Anand ham soʻzga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

 

Marosimning muhim lahzalaridan biri oʻyinlarni qaysi rangdagi shaxmat donalari boshlab berishini aniqlash uchun oʻtkazilgan qura tashlash jarayoni boʻldi.

 

 

Tadbirning badiiy qismi esa milliy madaniyat va zamonaviy texnologiyalar uygʻunligida tashkil etildi. Milliy sanʼat namunalari, 3D mapping va dronlar shousi oʻtkazildi.

 

 

Ushbu galgi musobaqada 397 ta jamoa ishtirok etmoqda va bu mutlaq rekord hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//