Jamiyat
Markaziy bank, tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimi operatorlari o‘rtasida InfoCards axborot almashinuvi tizimi joriy etildi.
Yangi tizim bank kartasi bloklangan taqdirda uning qaysi huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan, qachon va qanday sababga ko‘ra bloklanganiga oid ma’lumotlarni tezkor aniqlash imkonini beradi.
Xabarga ko‘ra, endilikda buning uchun fuqaroning qo‘shimcha ravishda Markaziy bankka murojaat qilishi talab etilmaydi. Shunchaki karta egasi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat qilishi kifoya. Bank InfoCards tizimi orqali tegishli ma’lumotlarni aniqlab, kartaning bloklanishi yuzasidan tushuntirish beradi.
“Mazkur tizim fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish, ortiqcha ovoragarchilikni kamaytirish hamda bank xizmatlaridan foydalanishda tezkorlik va shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93067
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q