Ilm-fan
Olimlar PathStAR (patologik tasvirlar asosida strukturaviy qarish tezligini o‘lchaydigan tizim) degan yangi usul yaratishdi. U odamning yoshini bilmasdan, faqat to‘qima rasmlariga (mikroskopik kesmalarga) qarab, organning “strukturaviy jihatdan” qanchalik qariganini aniqlashga yordam beradi.
Tadqiqotchilar 970 nafar vafot etgan donorning (21–70 yosh oralig‘ida) 40 xil to‘qimasidan olingan 25 306 ta biopsiya (to‘qima namunasi) rasmini tahlil qilishgan.
Xulosaga ko‘ra, tananing qarish jarayoni bir tekis kechmaydi. Masalan, qon tomirlar va oyoqdagi nervlar eng erta qarisa(30 yoshda), bachadon va vagina 50 yoshda ushbu jarayonga o‘tadi. Aksincha, ovqat hazm qilish organlari va erkak reproduktiv organlari bo‘lsa ikki bosqichda qariydi( ham 30, ham 50 yoshda).
Qiziq tomoni, ayrim organlarning “eskirishi” boshqa organlarning qarishiga ham sabab bo‘ladi. Misol uchun, ichaklari tez qarigan erkakning prostatasi ham tezroq qariydi (gormonlar bilan bog‘liq).
Ta’kidlanishicha, qarish tezlashgan davrida hamma organda bitta umumiy narsa kuzatiladi: yallig‘lanish ortadi, energiya ishlab chiqarish va “ta’mirlash” tizimlari susayadi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, qarish umumiylikka ega emas, balki har bir organ o‘z “jadvali” bo‘yicha, ko‘pincha bosqichma-bosqich qariydi.
Bu tadqiqot kelajakda qarishga qarshi davolarni aniqroq va vaqtga mos qilib ishlab chiqishga yordam beradi.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q