Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Sukni qabul qildi.

Alohida strategik sheriklik munosabatlarini savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, texnologiyalar, transport-logistika sohalarida yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Innovatsion-texnologik hamkorlikni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratildi.

Savdo, moliya va investitsiya, raqamli iqtisodiyot hamda kiberxavfsizlik sohalarida, Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va O‘zbekistonning xomashyo bazasidan foydalangan holda muhim minerallarni qayta ishlash borasida, shuningdek, transport va temir yo‘l infratuzilmasi hamda hududlararo aloqalar yo‘nalishlarida sheriklik istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Koreya Respublikasi Bosh vaziri qo‘shma biznes forumning ochilishida ishtirok etishdi.

Tadbirda ikki mamlakat davlat tuzilmalari va ishbilarmon doiralarining 300 nafardan ziyod vakili, xususan, yetakchi moliya institutlari, yirik sanoat korxonalari va savdo kompaniyalari rahbarlari qatnashishdi. Masalan, Koreya tomonidan “Lotte Chemical”, “Hyundai Motor Group”, “Samsung C&T”, “CJ Group”, “Shinhan Financial Group”, “Hyundai Rotem”, “KIND”, “BOMI”, “Kia Corporation”, “Sampyo Group”, “Hansae Mobility” kabi yirik kompaniyalar shular jumlasidandir.

Davlatimiz rahbari o‘z so‘zida Koreya O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi ekanini, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik esa O‘zbekiston – Koreya ko‘p qirrali hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan birini tashkil etishini ta’kidladi.
Yetakchi koreys kompaniyalarining O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritib, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shayotgani alohida qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonning resurs salohiyati, Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va ikki mamlakat kompaniyalarining investitsiyaviy imkoniyatlarini birlashtirish orqali yangi iqtisodiy o‘sish nuqtalarini yaratish taklif etildi.

Prezident kelgusida iqtisodiy sheriklikni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Jumladan, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishning to‘liq zanjirlarini shakllantirish, energetika va “yashil iqtisodiyot”, transport va zamonaviy infratuzilma, raqamlashtirish hamda sun’iy intellekt, yarimo‘tkazgichlar va mikroelektronika, biotexnologiya va farmatsevtika, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish va boshqa yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.
Koreya kompaniyalari misni qayta ishlash, elektrotexnika uskunalarini ishlab chiqarish, avtomobil va elektromobil sanoati uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, robototexnika va avtomatlashtirish, biotexnologiya va farmatsevtika, gidroenergetika, energiyani saqlash tizimlari, energetika tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda transport va shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga taklif etildi.
Sanoat-texnologik hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning amaliy mexanizmi sifatida O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tuzish taklif etildi.
Prezidentimiz mamlakatimizda koreys biznesining faoliyati uchun kelgusida yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q