Ilm-fan
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Qo‘rg‘ontepa yodgorligida olib borilayotgan arxeologik qazishma ishlari davomida muhim topilma aniqlandi.
.jpg)
Xabarga ko‘ra, Samarqand arxeologiya instituti xodimlari ishtirokidagi tadqiqotlar jarayonida ilk asrlarga oid ibodatxona qoldiqlari orasidan gipsdan ishlangan haykalning bosh qismi topilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Qo‘rg‘ontepa ibodatxonasining diniy-badiiy bezagi bo‘lgan mazkur topilma o‘sha davr san’atini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Haykalning yuz tuzilishi, soch turmagi va boshqa ikonografik xususiyatlari qadimgi So‘g‘d san’atining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etishda qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, qazishmalar davomida aniqlangan xonalar qoldiqlari va boshqa arxeologik topilmalar ibodatxonaning ichki tuzilishi va vazifasi, shuningdek, bu yerda amalga oshirilgan diniy marosimlar haqida yangi ma’lumotlar olish imkonini beradi.
“O‘zbekistonning arxeologik salohiyati naqadar boy ekanini bunday topilmalar yana bir bor namoyon etmoqda. Biz nafaqat tarixiy-madaniy asrashimiz, balki yangi avlod tadqiqotchilari uchun zarur sharoitlarni yaratishimiz kerak. 2027-yildan boshlab har yili arxeologik tadqiqotlarni, avvalo, yosh arxeologlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 25 milliard so‘m miqdorida grantlar ajratiladi. Iqtidorli mutaxassislar to‘laqonli arxeologik qazishmalar olib borishi, zamonaviy ilmiy usullardan foydalanishi va mamlakatimiz kelajagiga xizmat qiladigan yangi kashfiyotlarni amalga oshirishi uchun imkoniyat yaratishni maqsad qilganmiz”, — dedi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Elmurod Najimov.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda Qo‘rg‘ontepadagi mazkur ibodatxona qoldiqlari orasidan to‘rt qo‘lli ma’bud tasviri aks ettirilgan devoriy rangtasvir, shuningdek, sopol haykalga oid qo‘l va oyoq qismlari ham topilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
113607
Jamiyat
96399
Jamiyat
93946
Jamiyat
77929
Jamiyat
//
Izoh yo‘q