Sport
Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Ederning Oʻzbekistonga tashrifi munosabati bilan, shuningdek, Oʻzbekistonning talabalar sporti sohasidagi ilgʻor tajribasini butunjahon sport hamjamiyatiga tanitish va boshqa davlatlarda qoʻllash maqsadida 2026-yil 29-sentabrdan 2-oktabrgacha I Markaziy Osiyo talabalar sporti forumi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, forum doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda xalqaro universitet sporti tashkilotlari vakillari ishtirokida talabalar sportini rivojlantirish, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va oʻzaro hamkorlik istiqbollarini belgilashga qaratilgan uchrashuv hamda tadbirlar tashkil etiladi.
Tadbirda Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) rahbariyati, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston va Turkmaniston talabalar sporti federatsiyalari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q