Jamiyat
Transport vazirligi Toshkent shahrida jamoat transportida 1-oktyabrdan yo‘l haqi tariflarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan loyiha yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan jamoat transportida yo‘l haqi tariflarini qayta ko‘rib chiqish loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi. Loyihaga ko‘ra, 1-oktyabrdan quyidagilarni joriy etish taklif qilinmoqda:
• avtobus yoki metroda bir martalik qatnov uchun elektron to‘lov – amaldagi 1700 so‘m o‘rniga 2500 so‘m;
• naqd pul bilan to‘lov – amaldagi 3000 so‘m darajasida qoldiriladi;
• bagaj tashish haqi – 4000 so‘m etib belgilanadi.
Ta’kidlanishicha, barcha narxlar QQS hisobga olingan holda ko‘rsatilgan. Shuningdek, loyihada doimiy yo‘lovchilar uchun yangi abonementlar hamda jamoat transporti turlari o‘rtasida biridan ikkinchisiga o‘tish uchun alohida (almashish) tariflar nazarda tutilgan. Yo‘l haqi narxining har qanday o‘zgarishi aholining kundalik xarajatlariga bevosita ta’sir etadi. Shu bois jamoat transportining xarajatlari nimalardan iboratligini va yo‘lovchi buning evaziga qanday xizmat olishi kerakligini ochiq tushuntirish muhim.
Vazirlik xabariga ko‘ra, bugungi kunda poytaxt jamoat transporti har kuni qariyb 2,5 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda. Toshkent kengayib, aholining muntazam va qulay transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji yil sayin ortib bormoqda. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida harakat tarkibi qariyb ikki barobar kengayib, avtobuslar soni 1 900 taga yaqinlashdi. Ularning o‘rtacha qatnov oralig‘i esa 30 daqiqadan 15 daqiqagacha qisqardi. Yo‘nalishlar tarmog‘i yangi turar joy massivlari hamda poytaxtga tutash hududlarni qamrab olish hisobiga kengaymoqda.
Biroq, harakat tarkibini sotib olishning o‘zi yetarli emas. Uning har kuni yo‘nalishga chiqishini va texnik sozligini ta’minlash zarur. Xarajatlar mashinistlar, haydovchilar va texnik xodimlarning ish haqi, yoqilg‘i va elektr energiyasi, ehtiyot qismlar va shinalar, harakatdagi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, depo va quvvatlantirish infratuzilmasini saqlash, salonlarni tozalash, shuningdek, dispetcherlik, navigatsiya va elektron to‘lov tizimlarining ishlashini o‘z ichiga oladi, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, amaldagi tarif bu xarajatlarning faqat bir qismini qoplaydi. Tashuvlarni moliyalashtirish bo‘yicha asosiy yuk hamon davlat budjeti zimmasida qolmoqda.
Tarifning ehtimoliy o‘zgarishi tashuvchilarga qo‘yiladigan aniq talablar bilan birgalikda ko‘rib chiqilishi lozim. Bular – qatnovlarning muntazamligi, belgilangan oraliqlarga rioya etilishi, transport vositalarining texnik holati va tozaligi, yo‘lovchilar xavfsizligi, xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda yo‘nalishlar tarmog‘ining yanada kengaytirilishidir.
Vazirlik fuqarolar tariflarni o‘zgarishi bo‘yicha hujjat loyihasi bilan 19-sentabrga qadar tanishib, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali o‘z taklif va mulohazalarini yuborishlari mumkinligini ta’kidlagan. Shuningdek, kelib tushgan barcha taklif va mulohazalar yakuniy qarorni tayyorlash jarayonida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
113613
Jamiyat
96412
Jamiyat
93961
Jamiyat
77939
Jamiyat
//
Izoh yo‘q