Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 9-sentyabr kuni “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Hujjatga ko‘ra, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan, shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan yuqori bo‘lgan tovushlarga cheklov belgilanadi. Bunday shovqinlarga turar joylarda maishiy faoliyat, qurilish maydonlaridagi ishlar, qurilish texnikasi va transport vositalari, shuningdek turli transportlarning harakati natijasida yuzaga keladigan shovqinlar kiradi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari esa 22:00 dan 09:00 gacha shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan ortiq tovush chiqarib, fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasi odamni sezilarli darajada bezovta qilmaydigan va inson organizmining funksional tizimlari hamda shovqinga sezgir a’zolarida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydigan daraja sifatida belgilangan. Uning aniq mezonlari sanitariya qoidalari va normalari asosida belgilanadi.
Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi etib Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi belgilandi. Shovqinning zararli ta’siri oqibatida yetkazilgan zarar uchun sud tartibida kompensatsiya undirilishi mumkin. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekistonda turar joy uylari va aholi yashash hududlarida ruxsat etilgan shovqin darajalari qonun hujjatlarida belgilangan. Amaldagi sanitariya me’yorlariga ko‘ra:
kunduzi (07:00 dan 23:00 gacha) — shovqin darajasi 55 dBA dan oshmasligi lozim;
kechasi (23:00 dan 07:00 gacha) — shovqin darajasi 45 dBA dan oshmasligi kerak.
Mazkur me’yorlar “Sanitariya qoidalari va me’yorlari” (SanQvaM 0008-20) hujjatida tasdiqlangan.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93067
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q