Jamiyat
“Adventures” xalqaro turistik platformasi talqiniga ko‘ra, 2026-yilda yolg‘iz sayohat qilish uchun dunyoning eng yaxshi beshta yo‘nalishi qatoridan o‘rin oldi.
“Solo Travel Index 2026” reytingida mutaxassislar 26 ta mamlakatni band qilish (bron) tendensiyalari, sayyohlarning sharhlari, xavfsizlik darajasi, viza sharoitlari va ovqatlanish narxlari singari ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholadilar. O‘zbekiston Italiya, Yaponiya va Portugaliya kabi davlatlar bilan bir qatordan joy oldi.
Mualliflar AQSh fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilganidan keyin amerikalik sayyohlarning qiziqishi ortganini ta’kidlab, mamlakatning afzalliklari qatorida tarixiy meros, rang-barang tabiat va turistik infratuzilmani e’tirof etdilar.
Yolg‘iz sayohatchilar uchun Nurota tog‘laridagi piyoda yo‘nalishlar, an’anaviy o‘tovlarda tunab qolish va Qizilqum cho‘li orqali Aydarko‘lga sayohat qilish tavsiya etiladi.
Shuningdek, Buyuk ipak yo‘li tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan Samarqand, Buxoro va boshqa qadimiy shaharlarning madaniy merosi alohida qayd etilgan.
O‘zbekiston sayohat xarajatlarining hamyonbopligi bilan ham ajralib turadi va avvalroq “Condé Nast Traveler” talqini bo‘yicha eng arzon turistik yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q