2027-yildan boshlab 1-sinf darsliklari yangi alifboda chop etiladi

Saqlash
12:49 / 10.09.2026 184 0

O‘zbekistonda maktab darsliklarini 2027−2031-yillarda yangilangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev Senatning 19-sentyabrdagi majlisida ma’lum qildi. Shuningdek, OAV yangilangan o‘zbek alifbosida ishlashi majburiy bo‘ladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodirjon Jonuzoqov ta’kidlab o‘tdi.

 

Senator Dilbar Suvonova alifbo o‘zgarishi munosabati bilan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar va adabiyotlarni qayta ishlash muddatlari belgilanganmi-yo‘qmi hamda bunga qo‘shimcha mablag‘lar nazarda tutilganmi, deb qiziqdi. Vazir o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi qonunni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashi kerakligini aytdi.

 

Ijro hokimiyati organlari va Fanlar akademiyasi o‘z takliflarini, jumladan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — darsliklarni yangilash hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha takliflarini yuborgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, darsliklar hozir ham belgilangan davriylik bilan yangilanib borilmoqda: 1-sinflar uchun — har yili, 2−4-sinflar uchun — uch yilda bir marta, 5−11-sinflar uchun — besh yilda bir marta.

 

“2027-yildan boshlab, qonun kuchga kirgach, birinchi sinf uchun darsliklarni har qanday holatda ham yangi alifbodan foydalangan holda chop etamiz”, dedi vazir o‘rinbosari.

Azizbek Turdiyev.

 

U 2027−2031-yillarda barcha maktab darsliklari ularni qayta nashr etishning odatiy sikli doirasida yangilanishini qo‘shimcha qildi.

 

“2027-yildan 2031-yilgacha barcha darsliklarimiz to‘liq yangilanadi. Bu nuqtayi nazardan qo‘shimcha mablag‘ talab qilinmaydi”, — dedi vazirlik vakili.

 

Vazirlik, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilarni moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tayyorlamoqda. Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin maktabgacha va maktab ta’limi tizimida o‘quv seminarlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Majlisda islohotdan so‘ng imtihonlar qaysi alifboda o‘tkazilishi masalasi alohida muhokama qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//