Jamiyat
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi Ozod yodgorligida miloddan avvalgi 1700−1500-yillarga tegishli qabriston va arxeologik ashyolar topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar qildi.
U yerda Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti hamda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Ipak yo‘li arxeologiyasi tadqiqot markazi hamkorligida arxeologik qazuv-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqotlar 15-avgustdan boshlangan. Ozod yodgorligi 2023-yilda Surxondaryo havzasining sharqiy qismida o‘tkazilgan dala-qidiruv ishlari davomida aniqlangan.
Yodgorlik Ozod qishlog‘ining janubi-sharqida, Dalvarzintepadan qariyb 6 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Uning maydoni taxminan 200×100 metrni tashkil etadi.

Mutaxassislar yodgorlik hududida 100 ga yaqin qabr borligini aniqlagan. Joriy yilda uning janubi-g‘arbiy qismidagi 10 dan ortiq qabrda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, qabrlarning tuzilishi va ulardan topilgan arxeologik ashyolar Sopolli madaniyati yodgorliklariga xos jihatlarga ega.
Radiokarbon (¹⁴C) tahlillari va arxeologik ashyolarning qiyosiy-tipologik o‘rganilishi yodgorlikni miloddan avvalgi 1700−1500-yillarga borib taqalishini ko‘rsatmoqda.
Ozod yodgorligi Surxondaryo havzasida aniqlangan eng qadimgi qabristonlardan biri sifatida baholanmoqda. Uni o‘rganish mintaqadagi qadimgi dafn an’analarining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega.
Ayni paytda yodgorlikda arxeologik dala-qazuv ishlari davom etmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113349
Jamiyat
96082
Jamiyat
93490
Jamiyat
77434
Jamiyat
//
Izoh yo‘q