Jamiyat
10-sentabrdan 730/729-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yoʻnalishida amaldagi poyezd tarkibi oʻrniga zamonaviy CRRC-Daliyan tezyurar elektropoyezdi harakati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” xabar qildi.
730-sonli Toshkent-Andijon poyezdi Toshkent markaziy temiryoʻl vokzalidan soat 09:20 da joʻnab, Angrenga 10:25, Popga 12:00, Qoʻqonga 12:28, Margʻilonga 13:00 da yetib boradi va Andijonga 13:35 da kirib keladi.
729-sonli Andijon-Toshkent poyezdi esa Andijondan 15:38 da yoʻlga chiqib, Margʻilonga 16:11, Qoʻqonga 16:43, Popga 17:11, Angrenga 18:50 da yetib, Toshkent-Yoʻlovchi vokzaliga 19:53 da keladi.
Taqqoslash uchun, hozirda shaharlar oʻrtasidagi poyezd safari 6 soatdan 7 soatgacha vaqt oladi. Yangi poyezd taxminan soatiga 160 km tezlikkacha chiqish imkoniyatiga ega.
Elektropoyezdda 4 ta vagon boʻlib, ularda jami 357 ta oʻrin mavjud: 1-, 2- va 4-ekonom vagonlarning har birida 95 tadan, 3-ekonom vagonda 72 ta oʻrin bor.
Shu bilan birga, 10-sentabrdan boshlab Andijon yoʻnalishida harakatlanuvchi qator yoʻlovchi poyezdlarining jadvali ham oʻzgaradi.
Jumladan, 91-sonli Andijon-Toshkent poyezdi 15-sentabrdan Andijondan 18:40 da joʻnab, Toshkentga 01:31 da yetib boradi. 92-sonli Toshkent-Andijon poyezdi 14-sentabrdan Toshkentdan 17:50 da chiqib, Andijonga 00:36 da yetadi.
93-sonli Andijon-Toshkent poyezdi 12-sentabrdan 16:35 da yoʻlga chiqib, Toshkentga 22:31 da yetib keladi. 97/95-sonli poyezd 10-sentabrdan Andijondan 17:30 da joʻnab, Toshkentga 00:27 da yetib boradi. 96-sonli Toshkent-Andijon poyezdi esa 04:55 da joʻnab, Andijonga 11:43 da yetib keladi. 98/94-sonli poyezd Toshkentdan 07:14 da chiqib, Andijonga 13:48 da yetadi.
Shuningdek, uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlar harakatida ham oʻzgarishlar boʻladi.
126/125-sonli Xiva/Urganch-Andijon poyezdi 9-sentabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanib, Toshkent-Janubiydan 05:58 da chiqadi va Andijonga 12:13 da yetib boradi. Qaytish yoʻnalishidagi 125/126-sonli poyezd 10-sentabrdan Andijondan 15:45 da joʻnab, Toshkent-Janubiyga 21:48 da yetadi.
127/128-sonli Andijon-Qoʻngʻirot poyezdi 10-sentabrdan Andijondan 17:30 da chiqib, Toshkent-Janubiyga 00:27 da keladi. Qoʻngʻirot-Andijon yoʻnalishidagi 128/127-sonli poyezd esa Toshkent-Janubiydan 05:58 da joʻnab, Andijonga 13:14 da yetadi.
129/130-sonli Andijon-Termiz poyezdi 10-sentabrdan Andijondan 16:35 da chiqib, Toshkent-Janubiyga 22:31 da yetib keladi. 130/129-sonli Termiz-Andijon poyezdi 9-sentabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanib, Toshkent-Janubiydan 07:14 da joʻnaydi va Andijonga 13:15 da yetadi.
Andijon-Toshkent yoʻnalishidagi 731-sonli poyezd 10-sentabrdan 06:35 da joʻnab, Toshkentga 13:15 da yetib boradi. 732-sonli Toshkent-Andijon poyezdi 17:50 da joʻnab, Andijonga 23:58 da yetib keladi. 733-sonli poyezd 14-sentabrdan Andijondan 05:50 da chiqib, Toshkentga 13:15 da yetadi. 734-sonli poyezd esa 13-sentabrdan Toshkentdan 17:50 da joʻnab, Andijonga 00:36 da yetib boradi.
Viloyatlararo qatnovlarda ham yangi jadval joriy etiladi. 6312-sonli Qoʻqon-Andijon poyezdi 10-sentabrdan Qoʻqondan 06:05 da chiqib, Andijonga 08:44 da yetadi. 6313-sonli Andijon-Qoʻqon poyezdi esa 17:08 da joʻnab, Qoʻqonga 19:45 da keladi.
7091-sonli Qoʻqon-Namangan-Andijon-Qoʻqon poyezdi Qoʻqondan 05:30 da yoʻlga chiqib, Namanganga 07:51, Andijonga 10:40 da yetadi va Qoʻqonga 13:42 da qaytib keladi. 7093-sonli Qoʻqon-Namangan poyezdi 14:15—16:36, 7094-sonli Namangan-Qoʻqon poyezdi esa 17:00—19:16 oraligʻida harakatlanadi.
Yoʻlovchilarga safar oldidan poyezdlarning yangilangan harakat jadvali bilan tanishib olish tavsiya etilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q