Jamiyat
Toshkentda maktablar atrofida oʻquvchilarni transport vositasidan xavfsiz tushirish va olib ketish uchun maxsus toʻxtash zonalari tashkil etilmoqda. Bu haqda Yoʻl harakatini tashkil etish markazi xabar qildi.
Yoʻl harakatini tashkil etish markazi va tegishli tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha maktablar oldidagi harakatni tartibga solish va oʻquvchilar xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Dastlabki bosqichda bunday hududlar Yunusoboddagi 5-sonli va Shayxontohurdagi 42-sonli maktab oldida tashkil etildi.
Maxsus hududlarda avtomobillarni qisqa muddatga tartibli toʻxtatish uchun tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilib, yoʻl chiziqlari chizilgan.
.png)
Bu orqali ota-onalarga farzandlarini belgilangan joyda xavfsiz tushirib ketish yoki olib ketish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, bolalarning avtomobildan toʻgʻridan-toʻgʻri qatnov qismiga tushib qolishi va avtomobillar maktab oldida tartibsiz toʻxtashining oldi olinadi.
Maxsus toʻxtash hududlari, ayniqsa, ertalab va kechki vaqtda maktablar atrofidagi transport harakatini tartibga solishga hissa qoʻshadi.
Ayni paytda Toshkentning boshqa maktablari oldida ham shunday zonalarni tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q