Belgrad koʻchalaridan biriga Toshkent nomi berildi

Saqlash
09:08 / 09.09.2026 165 0

Serbiya poytaxti Belgrad shahri koʻchalaridan biriga “Toshkent” nomi beriladi. Koʻchaga nom berish marosimida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmat xabar berdi.

 

“Tarix, madaniyat va anʻanalarga boy, shu bilan birga zamonaviy va jadal rivojlanayotgan shahar boʻlgan Toshkent endi Serbiya poytaxtida ham alohida oʻrin egallaydi”, – dedi Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ochilish marosimida.

 

Prezidentlar bu qaror Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar jadal rivojlanayotganini aks ettirishini taʻkidladi. “Toshkent” koʻchasi esa ikki davlat xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashga intilishning yaqqol ramzi boʻlishi qayd etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//