Siyosat
Belgrad shahrida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyevga ordenni “Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun” Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev mukofot uchun minnatdorlik bildirib, uni “serb xalqining Oʻzbekistonga boʻlgan yuksak hurmati, tobora mustahkamlanayotgan doʻstlik hamda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qatʼiy intilish ramzi” sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
Serbiya Respublikasining ushbu ordeni xorijiy davlat va jamoat arboblariga xalqlar oʻrtasida tinchlik, hamkorlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga, shuningdek, Serbiya bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun beriladi.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q