Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Saqlash
16:43 / 08.09.2026 249 0

Belgraddagi Serbiya saroyida 8-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich ushbu mamlakatga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan Shavkat Mirziyoyevni qarshi oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi, artilleriya to‘plaridan 10 marta o‘q uzilib, tantanali salyut berildi.

 

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//