“Marg‘ilon atlasi va adrasi” festivali bo‘lib o‘tadi

Saqlash
15:36 / 08.09.2026 179 0

17–18-sentyabr kunlari Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida “Marg‘ilon atlasi va adrasi” festivali bo‘lib o‘tadi.

 

Qayd etilishicha, uch kun davomida mehmonlar Marg‘ilonning boy madaniy merosi, milliy hunarmandchilik an’analari hamda ipakchilik va to‘qimachilik sohasida shakllangan ko‘p asrlik tajriba bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Festival dasturidan milliy atlas va adras namunalarining namoyishi, milliy liboslar ko‘rgazmasi, hunarmandchilik an’analarini aks ettiruvchi taqdimotlar hamda Marg‘ilonning o‘ziga xos madaniy merosini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar o‘rin oladi. Kirish barcha uchun bepul.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//