Jamiyat
Endi O‘zbekistonda litsenziyalash tartib-taomillariga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Qaror bilan tasdiqlangan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga oid huquqbuzarliklar haqida vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, xabardor qiluvchi huquqbuzarlik haqida vakolatli organlarga maxsus elektron tizim yoki Adliya vazirligining mobil ilovasi orqali xabar beradi.
Ushbu xabarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
xabardor qiluvchi fuqaroning pasport yoki ID kartasi ma’lumotlari;
xabardor qiluvchi yuridik shaxsning nomi va STIR;
xabardor qiluvchining telefon raqami;
xabardor qiluvchining bank kartasi (hisobvarag‘i);
huquqbuzarlik turi;
huquqbuzarlik sodir etilgan hudud;
huquqbuzarlik holatlari aks ettirilgan foto yoki videoyozuvlar (agar bo‘lsa);
huqubuzarlik holati haqida tushuntirish.
Bundan ortiq ma’lumot va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Yuqoridagi ma’lumotlar haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki bu huqubuzarlik haqida avval xabar berilgan bo‘lsa, huquqbuzarlik haqidagi xabar ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda tegishli asoslarni ko‘rsatgan holda, vakolatli organ tomonidan xabarni ko‘rib chiqishni rad etish to‘g‘risida 3 ish kunida qaror qabul qilinadi va bu haqda xabardor qiluvchiga maxsus elektron tizim orqali yoki uning telefon raqamiga SMS xabarnoma shaklida xabar yuboriladi.
Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi foto va videomateriallarda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
sodir etilgan huquqbuzarlik;
huquqbuzar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
huquqbuzarlik sodir etilgan sanasi va vaqti.
Xabardor qiluvchi tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani yuzasidan berilgan xabarlar vakolatli organ tomonidan 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Xabardor qiluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topgan hamda berilgan xabarga asosan vakolatli organ yoki sudning javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori asosida aybdor shaxsdan jarima undirilgan taqdirda, xabardor qiluvchi undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti shaklida rag‘batlantiriladi. Bu pul mukofotini olish ixtiyoriy bo‘lib, xabardor qiluvchining bank kartasiga (hisobvarag‘iga) o‘tkazib beriladi.
Huquqbuzardan undirilgan jarimalar hisobidan xabardor qiluvchiga pul mukofoti to‘langanidan so‘ng qolgan mablag‘ qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ushbu qaror 2026-yil 8-dekabrdan boshlab kuchga kiradi.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q