O‘zbekistonlik quruvchilar Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda

Saqlash
12:36 / 08.09.2026 151 0

Migratsiya agentligi Xorvatiyada qurilish sohasida ishlash uchun o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda.

Vakansiyalar quyidagi lavozimlar bo‘yicha:

 

O‘rtacha oylik maosh 1500−1800 yevroni tashkil etadi. Ish vaqti oyiga 176−220 soatni tashkil etadi. Mehnat shartnomasi 3 yilga tuziladi va uni uzaytirish imkoniyati mavjud.

 

Sinov muddati 3 oy bo‘lib, bu davrda boshlang‘ich maosh soatiga 8 yevroni tashkil etadi.

 

Nomzodlar tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Malaka sertifikati mavjud bo‘lishi afzal hisoblanadi.

 

Shuningdek, emlash sertifikati talab etiladi. Xorvatiya tomonidan beriladigan 18a-shakl majburiy bo‘lib, uni rasmiylashtirishda Migratsiya agentligi ko‘maklashadi. Ish beruvchi quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

 

  • aeroportdan yashash joyigacha transfer;

  • yashash joyi;

  • kuniga bir mahal ovqatlanish;

  • tibbiy sug‘urta;

  • o‘quv xarajatlari;

  • ish joyigacha yo‘l xarajati;

  • ishlash ruxsatnomasini rasmiylashtirish xarajatlari;

  • imkoniyat bo‘lsa, yiliga bir marta ta’til uchun aviachipta.

     

Nomzodlar O‘zbekistondan Xorvatiyagacha aviachipta va ish vizasini rasmiylashtirish xarajatlarini o‘zlari qoplaydi. Viza konsullik yoki viza markazi orqali rasmiylashtiriladi.

 

Ishga joylashgandan so‘ng viza va aviachipta xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi. Vakansiyalarga arizalarni “Xorijda ish” platformasi orqali qoldirish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//