Jamiyat
Qashqadaryo viloyatidagi Hisor davlat qo‘riqxonasining G‘elon bo‘limida joylashgan, “nomsiz cho‘qqi”ga “Muzqoya” deb, Jizzaxda joylashgan yana bir nomga ega bo‘lmagan cho‘qqiga esa “Qirqqiz” deya qayta nom berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorida e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, yillar davomida bu balandlik shunchaki nomsiz cho‘qqi deb atalib kelingan va unga ko‘plab nomlar taklif qilingan bo‘lsa-da, shu paytgacha rasman nomlanmagan edi. Endilikda hukumat qaroriga asosan, uning atrofi to‘liq muz bilan qoplangani bois “Muzqoya” deb nomlandi.
Ma’lum qilinishicha, 81 ming gektardan ziyod maydonni egallagan qo‘riqxona hududida balandligi 2500 metrdan 4387 metrgacha bo‘lgan o‘nlab cho‘qqilar mavjud bo‘lib, balandligi 4360 metrni tashkil etuvchi mazkur nomsiz cho‘qqi ularning deyarli eng balandi hisoblanadi.
Shuningdek, qo‘riqxona ma’muriyati hududdagi barcha tabiiy obyektlarning hisob-kitobini yuritib, umumiy jamlagan holda Vazirlar Mahkamasiga 38 ta tabiiy obyektga nom berish bo‘yicha takliflar kiritganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Turkiston tog‘ tizmasida, G‘o‘ralashsoy va Ko‘lsuv soylari oralig‘ida joylashgan, shu kungacha “nomsiz” deb kelingan yana bir tog‘ cho‘qqisiga “Qirqqiz” nomi berildi.
2026-yil 9-iyulda Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatdagi ayrim togʻ tizmalari, togʻlar, choʻqqilar, daralar, dovonlar va gʻorlarning nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish hamda ularga yangi nom berish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur hujjat bilan respublika bo‘yicha jami 124 ta shunday geografik obyektning nomlarini tartibga solish va ularga yangi nom berish belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113349
Jamiyat
96082
Jamiyat
93490
Jamiyat
77434
Jamiyat
//
Izoh yo‘q