Jamiyat
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Ichki va tashqi migratsiyaning demografik jarayonlar va oila institutiga uzoq muddatli ta’sirini baholash” ilmiy loyihasi doirasida tug‘ilish ko‘rsatkichlarining uzoq muddatli prognozi amalga oshirildi.
Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni kelgusi yillarda o‘sishda davom etadi. Jumladan:
▪️ 2030-yilda — 892,7 ming nafar;
▪️ 2040-yilda — 1 016,1 ming nafar;
▪️ 2050-yilda — 1 234,1 ming nafar.
Shu tariqa, 2050-yilga kelib tug‘ilishlar soni 2025-yilga nisbatan 354,5 ming kishiga yoki 40,3 foizga ko‘payishi prognoz qilinmoqda.
Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish sur’atlari:
• Toshkent viloyati — 62,0 foiz;
• Toshkent shahri — 61,0 foiz;
• Andijon viloyati — 48,6 foiz;
• Samarqand viloyati — 43,3 foiz;
• Namangan viloyati — 42,4 foiz.
Ta’kidlanishicha, tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti bo‘yicha esa o‘rta muddatda biroz pasayish, keyinchalik barqaror o‘sish tendensiyasi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 2030-yilda 21,2 promille, 2040-yilda 20,8 promille, 2050-yilda esa 21,9 promilleni tashkil etishi prognoz qilingan.
2050-yilda tug‘ilish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lishi kutilayotgan hududlar:
• Surxondaryo viloyati — 24,7 promille;
• Qashqadaryo viloyati — 23,8 promille;
• Namangan viloyati — 23,1 promille;
• Samarqand viloyati — 23,1 promille;
• Andijon viloyati — 22,9 promille;
• Toshkent shahri — 22,3 promille.
Xulosada yozilishicha, tug‘ilishlar sonining prognoz qilinayotgan o‘sishi kelgusi yillarda ta’lim, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, uy-joy, ijtimoiy xizmatlar va mehnat bozori infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojni ham oshiradi. Shu nuqtayi nazardan, demografik o‘zgarishlarni oldindan baholash davlat resurslarini samarali taqsimlash, hududlarni kompleks rivojlantirish va inson kapitaliga investitsiyalarni strategik rejalashtirish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, promille — foizga o‘xshash o‘lchov birligi, lekin 100 ga emas, 1000 ga nisbatan hisoblanadi. Masalan, 21,2 promille har 1000 kishiga 21,2 ta tug‘ilish deganidir.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q