Xorijda ishlab kelganlar uchun grant tanlovi o‘tkaziladi

Saqlash
15:50 / 07.09.2026 163 0

Xorijda ishlab kelganlar uchun Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXT) va Migratsiya agentligi hamkorligida, Shvetsiya Adliya vazirligi moliyaviy ko‘magida grant tanlovi e’lon qilinadi.

 

Tanlovda quyidagilarga ustuvorlik beriladi:

▪️ biznesni rivojlantirish bo‘yicha aniq va asoslangan g‘oya;

▪️ yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati;

▪️ mavjud biznesning barqarorligi va samaradorligi.

 

Tanlovda 2025–2026-yillarda xorijda ishlab, O‘zbekistonga qaytgan ishtirok etishi mumkin. Xotin-qizlarning faol ishtiroki esa alohida qo‘llab-quvvatlanadi.

 

Arizalar 2026-yil 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Arizalarni ushbu havola orqali topshirish mumkin. Savollarga esa +998 90 021 50 38 raqamga bog‘langan Telegram akkauntidan javob olish mumkin.

 

“Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — xorijda orttirgan bilim va tajribangizni muvaffaqiyatli biznesga aylantiring!” deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//