Bitiruvchilari eng tez ishga joylashgan top-20 oliygoh ro‘yxati e’lon qilindi

Saqlash
14:44 / 07.09.2026 583 0

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi “Bitiruvchi sifati indeksi”ni taqdim qildi. Unda bitiruvchilar bandligi, daromadi, ishga joylashish tezligi va barqaror bandlik ko‘rsatkichlari umumiy tahlil qilingan bo‘lib, natijaga asosan, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliygoh ro‘yxati tuzilgan.

 

Jumladan, 5 ta OTM amaliy fanlar bo‘yicha yuqori ball olgan:

▪️ Inha universiteti (307 nafar bitiruvchi) – 74,2 ball;

▪️ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti (1 881 nafar bituvchi) – 72,4 ball;

▪️ Olmaliq davlat texnika instituti (913 nafar bitiruvchi) – 69,1 ball;

▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (1 835 nafar bitiruvchi) – 65,0 ball;

▪️ Toshkent shahridagi Puchon universiteti (380 nafar bitiruvchi) – 61,0 ball.

 

2 ta OTM tibbiyot fanlari bo‘yicha yetakchi:

▪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali (423 nafar bitiruvchi) – 74,0 ball;

▪️ Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (1 102 nafar bitiruvchi) – 64,0 ball.

 

2 ta OTM ijod (sport) fanlari bo‘yicha oldinda:

▪️ O‘zbekiston davlat konservatoriyasi (331 nafar bitiruvchi) – 81,5 ball;

▪️ O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali (42 nafar bitiruvchi) – 79,6 ball.

 

11 ta OTM ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha ilg‘or:

▪️ Toshkent shahar Webster universiteti (725 nafar bitiruvchi) – 76,3 ball;

▪️ Osiyo xalqaro universiteti (458 nafar bitiruvchi) – 73,4 ball;

▪️ Xalqaro Nordik universiteti (1 428 nafar bitiruvchi) – 72,1 ball;

▪️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (9 220 nafar bitiruvchi) – 70,9 ball;

▪️ Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (207 nafar bitiruvchi) – 69,8 ball;

▪️ G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali (231 nafar bitiruvchi) – 69,0 ball;

▪️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (591 nafar bitiruvchi) – 67,7 ball;

▪️ Toshkent xalqaro Vestminster universiteti (1 328 nafar bitiruvchi) – 65,2 ball;

▪️ Axborot texnologiyalari va menejment universiteti (236 nafar bitiruvchi) – 64,7 ball;

▪️ Qo‘qon universiteti (2 180 nafar bitiruvchi) – 64,0 ball;

▪️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (1 986 nafar bitiruvchi) – 62,9 ball.

 

Ma’lumotda yozilishicha, 249 432 nafar bitiruvchining 25 foizi (73 733 nafar) dastlabki oyda, 9,8 foizi (24 612 nafar) 3 oy ichida, 6,5 foizi (16 400 nafar) 6 oy davomida va qolgan 33,6 foizi (81 018 nafar) 1 yil orasida ishli bo‘lgan. Bunda o‘rtacha ishga joylashish tezligi 2 oy-u 27 kunni tashkil qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//