Jamiyat
Prezident farmoni bilan Po‘lat Razzaqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish ishlari doirasida:
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi;
▪️ davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmatining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi;
▪️ mahalla instituti faoliyatining samaradorligini yanada oshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.
Ma’lumot uchun, Po‘lat Bobojonovning O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q