Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi, Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakatning rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi oʻtkaziladi.
Boʻlajak muloqotlar kun tartibidan Oʻzbekiston – Serbiya koʻp qirrali sherikligini yanada mustahkamlash masalalari oʻrin olgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari kabi ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi, deyiladi xabarda.
Shuningdek, tartibli mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilinadi.
Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarning salmoqli toʻplami qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga 2025-yil 28-oktabr kuni kelgandi. Ikki davlat prezidentlari ishtirokidagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasida Qoʻshma deklaratsiya imzolangan.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q