Sport
Shuningdek, Mark Gluxovskiy FIDE prezidenti saylovlari arafasida go‘yoki delegatlarni qanday sotib olgani haqida ham gapirgan.
2026-yil sentyabr oyi oxirida Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan FIDE prezidenti saylovi arafasida rossiyalik shaxmat tashkilotchisi Mark Gluxovskiyga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Bu audioyozuvni Ukraina Shaxmat feredaratsiyasi Facebook sahifasida e’lon qildi.
Unda O‘zbekiston vakillari va o‘zbeklar haqida ham haqoratli hamda kamsituvchi iboralar ishlatilgani eshitiladi.
Audioyozuvda Gluxovskiy 2018-yilgi FIDE prezidenti saylovlari arafasida go‘yoki delegatlarni qanday sotib olgani va ovoz berish sxemalarini qanday tashkil qilgani haqida suhbatdoshiga gapirib beradi. O‘sha paytda u Rossiyaning sobiq bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovichning saylovoldi kampaniyasi menejeri bo‘lgan. Saylov natijalariga ko‘ra, aynan Dvorkovich FIDE prezidenti etib saylangan. 2022-yilda Arkadiy Dvorkovich FIDE prezidenti lavozimiga qayta saylangan. Uning ikkinchi prezidentlik kampaniyasi ham janjallar bilan kechgandi.
Biroq 2026-yil iyul oyida Dvorkovich Yevropa Ittifoqi tomonidan unga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng FIDE prezidenti lavozimini tark etdi. FIDE prezidentining navbatdagi saylovlari 2026-yil 26-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Saylov tashkilotning Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Bosh assambleyasi doirasida o‘tkaziladi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Dvorkovich o‘rniga Qozog‘iston fuqaroligiga ega rossiyalik biznesmen Timur Turlov prezidentlikka nomzod sifatida qatnashmoqda. Uning saylovoldi kampaniyasiga Mark Gluxovskiy rahbarlik qilishi rejalashtirilgan.
Tarqalgan audioda Gluxovskiy 2018-yilgi saylov jarayoni haqida gapirar ekan, turli mamlakatlardan kelgan delegatlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirish va saylov kampaniyasida turli usullardan foydalanish haqida so‘z yuritadi. Ayrim parchalarda pora berish haqida ham iboralar ishlatilgan.
Audiyozuvda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov haqida ham haqoratli fikrlar bildiriladi. Suhbat davomida O‘zbekiston vakilining (Umarovning) maqomi ma’lum bo‘lgach, gapiruvchining ohangi o‘zgargani seziladi. Gluxovskiy suhbat davomida mamlakatning bosh vazirini ham tilga olgan. Shuningdek, O‘zbekistonning FIDE saylovidagi ovozi ahamiyatsiz ekani mazmunidagi fikrlarni ham aytadi.
Gluxovskiy uning so‘zlari tarmoqda tarqalgandan so‘ng audio Niderlandiyada uning roziligisiz yozib olingani va qismlarga bo‘lib tarqatilganini da’vo qilgan. U holat bo‘yicha politsiyaga murojaat qilganini ham bildirgan.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93067
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q