Jamiyat
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berishicha, bugun Qashqadaryodagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasida qor yog‘di.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mita huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti tasarrufidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasi hududida havo keskin sovishi kuzatildi. Shuningdek, qo‘riqxonaning Miraki va G‘elon bo‘limlari yuqori hududlari qor bilan qoplandi.

“O‘zgidromet” prognozlarida tog‘li hududlarda 3—4-sentyabr kuni havo biroz bulutli bo‘lishi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ish ma’lum qilingandi.
“Hisor” davlat qo‘riqxonasi 1983-yilda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan bo‘lib, qo‘riqxona G‘elon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlaridan iborat. “Hisor” maydoni jami 80 986 gektarga teng bo‘lib, 24 308 gektari o‘rmon bilan qoplangan. 35 ming gektar maydon esa baland tog‘lar, qoyalar, jarliklar va muzliklardan iborat.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q