Dunyoda har besh o‘smirdan biri internetda jinsiy zo‘ravonlikka duch kelmoqda

Saqlash
13:21 / 04.09.2026 307 0

UNICEF tomonidan 21 davlat o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, dunyoda 12–17 yoshda bo‘lgan har besh o‘smirdan bittasi internetda jinsiy zo‘ravonlikka duch kelgan.

 

21 ming nafar o‘smir o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu so‘rovnoma internetda bolalar xavfsizligi jiddiy xavf ostida qolayotganini ko‘rsatdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 milliondan ortiq bola istalmagan jinsiy kontentni ko‘rishga majbur bo‘lgan, 9 millioni shunday mazmundagi muloqotlarga tortilgan, yana 4 millionining shaxsiy suratlari roziligisiz tarqatib yuborilgan.

 

Ushbu holatlar Facebook, Instagram, WhatsApp, Snapchat, TikTok hamda onlayn o‘yin platformalarida ko‘p kuzatilgan.

 

Ammo jabrlangan bolalarning 41 foizi bu haqda ota-onasi yoki yaqinlariga umuman aytmagan, huquq-tartibot organlariga yetib borgan holatlar esa 1 foizdan ham kamroqni tashkil etgan. Shuningdek, tajovuzkorlarning 57 foizi bolaga avvaldan tanish bo‘lgan shaxslar (do‘stlari, yaqinlari) ekani ma’lum bo‘lgan.

 

UNICEF hukumatlar va texnologiya kompaniyalarni bolalarning internetdagi xavfsizligini kuchaytirishga chaqirmoqda. Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash va platformalarga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish masalasi muhokama qilinmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//