Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

Saqlash
12:15 / 04.09.2026 183 0

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli, shimolda va tog‘larda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 4–5-sentyabr kuni harorat foni deyarli o‘zgarmaydi, respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 28-33 daraja, janubda 35 darajagacha, Farg‘ona vodiysida 23-28 daraja atrofida saqlanib turadi. Harorat asosan kechalari va erta tongda 13-18 daraja bo‘ladi.

 

6-sentyabr, yakshanba kuni harorat 2-3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. 4–5 sentyabrda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//