Madaniyat
Shu kunlarda Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston yozuvchilarining “Turkiy dunyoning ma’naviy merosi: adabiyot – davrlar va avlodlar muloqoti” forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi, Birinchi Turkologiya kongressining 100 yilligi (Boku, 1926) hamda buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
.png)
Qayd etilishicha, forumning birinchi kunida Qozog‘istondan kelgan yozuvchilar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlar markazdagi ekspozitsiyalar bilan tanishib, O‘zbekiston hududidagi qadimgi va o‘rta asrlar tarixi, islom sivilizatsiyasi, buyuk allomalarning ilmiy merosi hamda noyob qo‘lyozmalar haqida ma’lumot oldi.
3-sentabr kuni Toshkentda forumning tantanali ochilishi va yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.
.png)
Shundan so‘ng forum doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi hamda Birinchi Boku Turkologiya kongressining 100 yilligiga bag‘ishlangan arxiv materiallari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Forumning mavzuli sessiyasi “O‘zbekiston va Qozog‘iston adabiy muloqoti: umumiy meros, zamonaviylik va hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Sessiyada ikki mamlakat adabiyoti o‘rtasidagi tarixiy va bugungi aloqalar, mushtarak adabiy meros, ijodiy hamkorlik va o‘zaro tarjimalar masalalari muhokama qilindi.
.png)
Sessiya doirasida O‘zbekiston va Qozog‘istonda nashr etilgan kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi. Forum ikki mamlakat ijodkorlari o‘rtasidagi adabiy muloqotni yanada kengaytirish, mushtarak adabiy merosni o‘rganish va targ‘ib etish, o‘zaro tarjimalar hamda qo‘shma ijodiy loyihalarni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
.png)
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113349
Jamiyat
96081
Jamiyat
93484
Jamiyat
77433
Jamiyat
//
Izoh yo‘q