Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro tan olingan vizalarga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kanada, Koreya Respublikasi, Shengen kelishuvi ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar, Yangi Zelandiya va Yaponiyaning amaldagi ko‘p martalik biznes va turizm toifasidagi kirish vizasiga ega bo‘lgan hamda o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Hindiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu xorijiy vizalardan birining amal qilish muddati mobaynida O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz rejim amaliyoti joriy etiladi.
O‘zbekiston Hindistondan keluvchi sayyohlar oqimini oshirishni niyat qilgan bo‘lib, asosiy e’tiborni bolali oilaviy sayohatlarga qaratadi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Hindiston biz uchun turistlar oqimini oshirishda juda yaxshi potensialga ega. Lekin bu borada asosiy mo‘ljalimiz oilaviy turizm — bolalar va oilasi bilan sayohat qiluvchilar bo‘ladi”, — dedi u.
Qo‘mita rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda taniqli hindistonlik blogerlar va inflyuyenserlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Turizm qo‘mitasi Hindistonning yirik turoperatorlari bilan ishlamoqda. Oktabr oyida Toshkentda turizm sohasi vakillarini taqdirlash marosimini o‘tkazish va turoperatorlar uchun O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab tanishuv turuni tashkil etish rejalashtirilgan.
7-sentabr kuni Turizm qo‘mitasi Centrum Air aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Hindistonning Haydarobod shahrida roud-shou o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
“28-sentabrdan boshlab haftasiga ikki marta qatnaydigan yangi Haydarobod — Toshkent reysi yo‘lga qo‘yiladi”, dedi Abdulaziz Akkulov.
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q