Jamiyat
Toshkentda o‘quv yilining ilk kunida transport oqimi 24-avgustdagi odatiy ish kuniga nisbatan 30 foizga oshdi. Shunga qaramay, shahar bo‘yicha umumiy tirbandlik darajasi 6 ball atrofida saqlanib qoldi. Bu haqda YHTEM xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, transport oqimi real vaqt rejimida kuzatib borilgan. Poytaxtdagi muhim tartibga solinadigan chorrahalarning deyarli barchasi raqamli tizimga ulangan bo‘lib, mutaxassislar yo‘l holati, svetoforlarning ishlashi, avtomobillar navbati va jamoat transporti harakatini nazorat qilgan.
Transport oqimida navbatlar ortgan hollarda yuklama yuqori yo‘nalishdagi svetoforlarda yashil chiroq davomiyligi uzaytirilgan, svetofor fazalari qayta sozlangan va qo‘shni chorrahalar o‘zaro muvofiqlashtirilgan. Bu orqali tirbandlikning keyingi chorrahalarga tarqalishi oldi olingan.
YTH, avtomobilning yo‘lda to‘xtab qolishi, yo‘l tasmasining yopilishi, ta’mirlash ishlari yoki to‘xtash qoidalarining buzilishi sababli yuzaga kelgan tirbandliklar haqida esa Toshkent shahar IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga tezkor ma’lumot berilgan. Zaruratga ko‘ra, joyning o‘zida harakat qo‘lda tartibga solingan va tegishli xizmatlar jalb etilgan.
Vaziyatlar markazida Toshkent shahar YHTEM, Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi, IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB, jamoat transporti dispetcherlik xizmatlari hamda muhandislik va tahliliy bo‘linmalar vakillaridan iborat ishchi guruh faoliyat yuritmoqda.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar, texnikumlar va boshqa ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlar boshlanishi bilan transport yuklamasi yanada ortishi mumkin. Shu sababli yaqin kunlarda transport harakatini monitoring qilish kuchaytirilgan tartibda davom ettiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113349
Jamiyat
96082
Jamiyat
93490
Jamiyat
77434
Jamiyat
//
Izoh yo‘q