Jamiyat
Oʻzbekiston 2030-yilgacha kambagʻallikka mutlaq barham berish ustida ishlamoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi mutaxassisi Farrux Toshpoʻlatov “Renessans” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Vazirlik vakilining taʼkidlashicha, aslida keyingi toʻrt yilda kambagʻallik darajasini ikki baravar qisqartirish belgilangan edi. Biroq bu maqsadga ancha erta erishilgan.
“BMTning barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlari qatoriga mamlakatimizda kambagʻallik darajasini 2030-yilgacha ikki barobarga qisqartirish maqsadi kiritilgandi. Biz ushbu koʻrsatkichga 2025-yilning oʻzida erishdik. 2030-yilga borib Oʻzbekistonda kambagʻallikka mutlaq barham berish asosiy maqsad qilib olindi”, dedi u.
Intervyuda Farrux Toshpoʻlatov kambagʻal oilalar uchun barqaror ish oʻrinlari va daromad manbasini yaratish ustida qattiq ishlanayotganiga urgʻu bergan. Oxirgi 8 yilda 700 ming tadbirkor oʻzining barqaror biznesiga ega boʻlganini taʼkidlagan.
“Aholining biznes va boshqa tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash natijasida oʻtgan toʻrt yil mobaynida 1 millionta mikroloyihalar ishga tushirilib, 1,8 million ish oʻrni yaratildi. Bundan tashqari, 800 ming aholiga ijara asosida 250 ming gektar yer maydonlari daromadli aktiv sifatida ajratib berildi. Bu orqali bir kontur, bir mahsulot tamoyili asosida mahsulot yetishtirish yoʻlga qoʻyilmoqda”, deydi mutaxassis.
Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga oid bayram tadbirida mamlakatda kambagʻallik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirilgani maʼlum qilindi. 2025-yilning sentyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha respublikada kambagʻallikka toʻliq barham berish imkoni borligini aytgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113349
Jamiyat
96082
Jamiyat
93490
Jamiyat
77434
Jamiyat
//
Izoh yo‘q