Ilm-fan
“Oksford oʻzbekshunoslik dasturi” doirasida Oksford universiteti talabalari va tadqiqotchilari uchun Oʻzbekistonda yozgi maktab boshlandi. Ishtirokchilar bir oy davomida oʻzbek tilini jonli muloqot muhitida oʻrganib, Oʻzbekiston tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishadi.
Dastur 2025-yil oktyabr oyida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan Oksfordda yoʻlga qoʻyilgandi.
“Endilikda Oksford talabalari oʻzbek tilini bevosita kundalik jonli muloqot muhitida oʻrganish hamda madaniyatimiz, tariximiz va shaharlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida bir oyga Oʻzbekistonga keldilar”, – deya izoh qoldirgan Saida Mirziyoyeva.

Yozgi maktab doirasida talaba va tadqiqotchilarga oʻzbek hamda eski oʻzbek (chigʻatoy) tillari boʻyicha mashgʻulotlar, Oʻzbekiston tarixi, adabiyoti, jadidchilik, sanʼat va madaniyatiga bagʻishlangan maʼruzalar oʻtkaziladi. Ishtirokchilar Toshkent, Samarqand va Buxorodagi tarixiy obidalar, muzey va kutubxonalarga ham tashrif buyuradi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
113617
Jamiyat
96420
Jamiyat
93969
Jamiyat
77945
Jamiyat
//
Izoh yo‘q