Jamiyat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan bir guruh olimlar bilan hamkorlikda ulug‘ ayyom arafasida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” nomli kitob chop etildi.
Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmunan keng va chuqur sharhlangan.
Kitobning bosh g‘oyasi: “Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!”
Kitobda Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan tarixiy haqiqatlar, strategik maqsadlar, ustuvor vazifalar, muhim raqamlar va istiqbolli rejalar izchillik bilan tahlil qilingan.
Nashr infografikalar bilan boyitilgan bo‘lib, ular orqali tarixiy taraqqiyot bosqichlari, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, ustuvor strategik yo‘nalishlar hamda milliy maqsadlar ko‘rgazmali va ixcham shaklda ifodalangan.
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” kitobi Mustaqillik soatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan ishlash jarayonlarida foydalanish uchun samarali qo‘llanma bo‘lishi bilan ham ahamiyatli sanaladi.
Iqtisod
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
113662
Jamiyat
96476
Jamiyat
94051
Jamiyat
78004
Jamiyat
//
Izoh yo‘q